TEAMtalk ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» Enso Fernandesning «Manchester Siti»ga ehtimoliy transferi fonida yangi yarimhimoyachi xarid qilish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, London klubi «Bornmut» yarimhimoyachisi Aleks Skott va «Kristal Pelas» futbolchisi Adam Uorton variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Har ikki futbolchi ham bir yildan ortiq vaqt davomida «Chelsi»ning transfer ro‘yxatida bo‘lib kelgan.
Ayni paytda «Chelsi» ikkala futbolchi bo‘yicha ham muzokaralar olib bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» yangi mavsumdagi ilk Premyer-liga bahsini 24 avgust kuni safarda «Fulhem»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 25 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.