Insayder Nikolo Skiraning eksklyuziv ma’lumotiga ko‘ra, «Napoli» va «Chelsi» markaziy himoyachi Benua Badyashilning transferi bo‘yicha bugun, 13 avgust kuni yangi muzokaralar o‘tkazadi.
«Napoli» fransiyalik futbolchini 20 million yevroga sotib olish sharti bilan ijaraga olishga tayyor. «Chelsi» esa keyinchalik futbolchini to‘liq transfer qilish uchun 30 million yevro talab qilmoqda. Manba tomonlar 25–27 million yevro atrofidagi summaga kelishishi mumkinligini qayd etgan. Bundan tashqari, neapolliklar ijara uchun yana 3 million yevro to‘lashi mumkin.
Badyashilning o‘zi «Napoli»ga o‘tishga rozilik bergan.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda «Chelsi» safida barcha turnirlarda 16 ta bahsda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmagan.