Bugun
45
O'zbek

«Liverpul» ikki nafar vingerni sotib olishi mumkin

Futbol
13 avgust, 05:40
Mersisayd klubi transfer oynasi yopilguniga qadar qanot hujumchilarini tarkibga qo‘shishi mumkin.
«Liverpul» ikki nafar vingerni sotib olishi mumkin
Foto: Getty Images

Insayder Fabritsio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Liverpul» transfer oynasi yakuniga qadar ikki nafar vinger sotib olishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, bu Koudi Gakpo «Tottenhem»ga o‘tgan taqdirda amalga oshishi mumkin. Hozirda «Liverpul» «PSJ» bilan Bredli Barkola transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Shu bilan birga, mersisaydliklar yana bir vinger transferini ham amalga oshirishi mumkin.

«Liverpul»ning transfer ro‘yxatidan Ibrayim Mbaye ham joy olgan. Biroq ayni paytda uning transferi klub uchun qimmat hisoblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» o‘tgan mavsumda Premyer-ligani 60 ochko bilan beshinchi o‘rinda yakunlagan. Yangi mavsumni «qizillar» 23 avgust kuni safarda «Nyukasl»ga qarshi bahs bilan boshlaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar