«Latsio» argentinalik hujumchi Mauro Ikardini tarkibga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sky Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Rim klubi sport direktori Anjelo Fabiani 33 yoshli futbolchi bilan allaqachon muloqot o‘tkazgan. «Latsio» argentinalik futbolchining faoliyatini Rimda davom ettirishga tayyorligini aniqlamoqchi.
Ikardining moliyaviy talablari transferdagi asosiy to‘siqlardan biri bo‘lishi mumkin. Shuningdek, hujumchi Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubdan taklif olishni kutmoqda.
Ma’lumot uchun, Ikardi iyul oyidan buyon «Galatasaroy» bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent maqomida. U faoliyati davomida «Inter», «PSJ» va «Sampdoriya» klublari safida ham to‘p tepgan. O‘tgan mavsumda argentinalik hujumchi barcha turnirlarda 47 ta bahsda 16 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.