Bugun
45
O'zbek

Fabien Bartez Fransiya milliy jamoasidagi murabbiylar shtabiga qo‘shildi

Futbol
13 avgust, 06:45
55 yoshli mutaxassis darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib boradi.
Fabien Bartez Fransiya milliy jamoasidagi murabbiylar shtabiga qo‘shildi
Foto: Getty Images

Fabien Bartez Fransiya milliy jamoasining murabbiylar shtabiga qo‘shildi. Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi (FFF) matbuot xizmati xabar berdi.

55 yoshli mutaxassis darvozabonlar murabbiyi etib tayinlandi. Avvalroq Fransiya milliy jamoasiga Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlangandi. Uning shtabidan David Bettoni, Hamidu Msaidiy, Gregori Dyupont, Stefan Plank, Farid Tabet va Klemont Iber ham joy olgan.

Ma'lumot uchun, Bartez Jahon va Yevropa chempioni, «Marsel» safida Chempionlar ligasi g‘olibi, «Manchester Yunayted» bilan ikki karra Angliya chempioni va «Monako» bilan ikki karra Fransiya chempioni bo‘lgan.

U futbolchilik faoliyatini 2007 yilda yakunlagan va shundan buyon murabbiylik faoliyati bilan shug‘ullanmagan.

Eslatib o‘tamiz, Zidan boshchiligidagi Fransiya milliy jamoasi ilk bahsini 25 sentabr kuni Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turida safarda Turkiyaga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fransiya Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar