«Galatasaroy» «Al Hilol»ning hujumchi Viktor Osimhen bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, «Al Hilol» vositachi orqali turkiyalik klubga Osimhen uchun og‘zaki ravishda 130 million yevro taklif qilgan. Biroq «Galatasaroy» hozircha 27 yoshli futbolchi bo‘yicha muzokara olib borishga tayyor emas.
Ma’lumot uchun, Osimhen o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 33 ta bahsda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Nigeriyalik futbolchi 2025 yil 31 iyul kuni «Galatasaroy» bilan 4 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 75 million yevroni tashkil etib, Turkiya Superligasi tarixidagi rekordga aylangan.