Live
1
O'zbek

Doku «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirgani haqida: «Bu ajoyib tuyg‘u»

Futbol
13 avgust, 08:30
Belgiyalik vinger yangi shartnoma bo‘yicha 2031 yilgacha Manchester klubida qoladi.
Doku «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirgani haqida: «Bu ajoyib tuyg‘u»
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku klub bilan shartnomasini 2031 yil o‘rtalarigacha uzaytirgani haqida fikr bildirdi.

«Bu yerda o‘tkazgan vaqtim menga juda yoqdi, shu sababli qolish men uchun ajoyib tuyg‘u. Bu klub men uchun juda ko‘p narsani anglatadi. Men bu yerda futbolchi sifatida ham, shaxs sifatida ham ulg‘aydim. Bu yerda o‘zimni qulay his qilaman va har kuni rivojlanayotganimni bilaman», — dedi Doku jamoa matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli futbolchi «Manchester Siti» safida 2023 yildan buyon to‘p tepmoqda. U o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 8 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar