«PSJ» prezidenti Nosir Al Hilayfiy FIFA prezidenti bo'lish uchun nomzodini qo'yish rejasi bor-yo'qligi haqidagi savolga to'g'ridan-to'g'ri javob bermadi.
«Men "PSJ" prezidenti bo'lganimdan juda, juda xursandman va faoliyatimni davom ettirishdan mamnunman», — dedi Al Hilayfiy «Aston Villa»ga qarshi Yevropa superkubogi uchrashuvi (2:1)dan so'ng jilmaygan holda.
Avvalroq UEFAda qatarlik funksioner amaldagi rahbar Janni Infantino o'rniga FIFA prezidenti lavozimiga Al Hilayfiyini ko'rishni istashayotgani haqida xabar berilgandi.