Bugun
45
O'zbek

Emeri: "Menimcha, Xvicha 'Oltin to'p'ni qo'lga kiritishi kerak"

Futbol
13 avgust, 02:50
"Aston Villa" bosh murabbiyi "PSJ"ga qarshi kechgan bahsdan so'ng Kvaratsxeliya haqida gapirdi.
Emeri: "Menimcha, Xvicha 'Oltin to'p'ni qo'lga kiritishi kerak"
Foto: Getty Images
12.08.2026 FT UEFA Superkubogi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain 2 : 1 Aston Villa Aston Villa

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa superkubogi uchun "PSJ"ga qarshi kechgan bahs (1:2)dan so'ng parijliklar vingeri Xvicha Kvaratsxeliya haqida gapirdi.

"U odatdagidek gol urdi. Biz bu vaziyatga yo'l qo'ymaslikka harakat qildik, ammo uning mahorati va zarba berish sifati — shunchaki fantastika.

Qarorni men qabul qilmayman. Biroq menimcha, Xvicha 'Oltin to'p'ni qo'lga kiritishi kerak", — dedi Emeri matbuot anjumanida.

Avvalroq Kvaratsxeliya Chempionlar Ligasida o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida e'tirof etilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Aston Villa Aston Villa
  • UEFA Superkubogi UEFA Superkubogi
Bugungi yangiliklar