Bugun
14
O'zbek

Kvaratsxeliya – Chempionlar ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi

Futbol
31 may, 11:29
Gruziyalik vinger «PSJ» bilan ketma-ket ikkinchi bor YChLni yutdi.
Kvaratsxeliya – Chempionlar ligasida mavsumning eng yaxshi futbolchisi
Foto: Getty Images
30.05.2026 AP Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain (4) 1 : 1 (3) Arsenal Arsenal

«PSJ» futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliya UEFA Chempionlar ligasi 2025/26 mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Parij klubi finalda Londonning «Arsenal» jamoasini penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Asosiy vaqtda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Hal qiluvchi bahs Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni germaniyalik hakam Daniel Zibert boshqarib bordi.

Kvaratsxeliya yakunlangan Chempionlar ligasi mavsumida 16 ta bahsda maydonga tushdi. U ushbu o‘yinlarda 10 ta gol urib, 6 ta assist muallifiga aylandi.

Shuningdek, «PSJ» tarixda ketma-ket ikki mavsum UEFA Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan ikkinchi klubga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, parijliklar o‘tgan yilgi finalda «Inter»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar