Bugun
1
O'zbek

Gabriel: "Bu og'riqli, ammo jamoamiz va bu mavsumda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman"

Futbol
31 may, 13:45
YChL finalida hal qiluvchi penaltiyi noaniq amalga oshirgan "Arsenal" himoyachisi post qoldirdi.
Gabriel: "Bu og'riqli, ammo jamoamiz va bu mavsumda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman"
Foto: Getty Images
30.05.2026 AP Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain (4) 1 : 1 (3) Arsenal Arsenal

"Arsenal" markaziy himoyachisi Gabriel Magalyaes Chempionlar ligasi finalidagi mag'lubiyatdan so'ng o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida post qoldirdi.

“PSJ” bilan bahs asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “toʻpchilar” 3:4 hisobida magʻlub boʻlishdi. Braziliyalik futbolchi seriyada beshinchi bo'lib tepdi va penaltini aniq amalga oshira olmadi. Natijada parijliklar qatorasiga ikkinchi chempionlikka erishdi.

"Bu og'riqli, lekin men jamoamiz va bu mavsumda birga erishgan barcha yutuqlarimizdan faxrlanaman.

Har qadamda qo'llab-quvvatlagan ajoyib muxlislarimizga rahmat. Sizlar APLdagi chempionlikni biz bilan birga nishonlash va paradan zavq olishga loyiqsiz! Keyingi mavsumda ko'rishamiz!"
— deb yozgan Magalyaes.

Bugun, 31 may kuni “Arsenal” Angliyadagi chempionlik sharafiga parad oʻtkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar