Bugun
1
O'zbek

Dembele «PSJ» muxlislariga: «Kelasi yil uchinchi kubok uchun qaytamiz»

Futbol
31 may, 13:28
Fransiyalik hujumchi ketma-ket uchinchi YChL bosh sovrinini maqsad qilganini aytdi.
Dembele «PSJ» muxlislariga: «Kelasi yil uchinchi kubok uchun qaytamiz»
Foto: Getty Images
30.05.2026 AP Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain (4) 1 : 1 (3) Arsenal Arsenal

«PSJ» hujumchisi Usmon Dembele UEFA Chempionlar ligasi finalidan keyin klub muxlislariga murojaat qildi.

Parijliklar hal qiluvchi bahsda «Arsenal»ni penaltilar seriyasida 4:3 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi bor turnir g‘olibiga aylangandi.

Dembele esa jamoa endi uchinchi sovrin uchun ham kurashishini aytdi.

«Kelasi yil uchinchi kubok uchun qaytamiz! Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat. Biz kelasi yil uchinchi sovrin uchun qaytamiz», — dedi fransiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike boshqaruvidagi «PSJ» o‘tgan mavsumda ham UEFA Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar