Bugun
30
O'zbek

Due: «Bu hammasi emas! Uchinchi bor YChLni yutmoqchimiz»

Futbol
31 may, 11:45
«PSJ» vingeri YCHLdagi qatorasiga ikkinchi chempionlikdan keyin ham jamoasi mehnat qilishda davom etishini aytdi.
Due: «Bu hammasi emas! Uchinchi bor YChLni yutmoqchimiz»
Foto: Getty Images
30.05.2026 AP Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain (4) 1 : 1 (3) Arsenal Arsenal

«PSJ» vingeri Dezire Due uchinchi bor Chempionlar ligasi sovrinini qo'lga kiritishni istayotganini bildirdi.

Parij klubi turnir finalida “Arsenal”ni penaltilar seriyasida magʻlub etib, ketma-ket ikkinchi chempionlikka erishdi.

«Gapirishga tilim ojiz! Birinchi final ajoyib o'tgandi, ammo biz ko'proq qatorasiga ikkinchi sovrinni yutishni xohlagandik.

Oilalarimizga, aka-ukalarimiz va opa-singillarimizga rahmat. Men bu klubni juda yaxshi ko'raman! Va bu hali yakun emas!

Biz ikkinchi sovrinni yutib oldik, buyog'iga ham qattiq mehnat qilishda davom etamiz va uchinchisini ham yutamiz!»
— deya fransiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi RMC Sport.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar