Bugun
1
O'zbek

«PSJ» - ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi g'olibi

Futbol
30 may, 15:04
G'olib penaltilarda aniqlandi.
«PSJ» - ketma-ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi g'olibi
Фото: Getty Images
30.05.2026 AP Chempionlar ligasi Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain (4) 1 : 1 (3) Arsenal Arsenal

Yevropa Chempionlar ligasi finalida «PSJ» Vengriyada «Arsenal» bilan bellashdi.

O'yinda dastlab 6-daqiqada Xaverts hisobni ochdi. 63‑daqiqada Dembele penaltidan muvozanatni tikladi. Asosiy vaqtda 1:1 hisobi qayd etildi.

Qo'shimcha ikki bo'limda ham hisob o'zgarmasdan qoldi. Natijada g'olib penaltlar seriyasida aniqlandi.

Unda 4:3 hisobida Luis Enrike jamoasi g'alaba qozonib, ketma‑ket ikkinchi bor Chempionlar ligasi g'olibiga aylandi.

YECHL. Final
PSJ – Arsenal 1:1 (penaltlar seriyasi: 4:3)
Gollar:
Dembele 63 penalti - Xaverts 6
PSJ
– Safonov, Markinos, Pacho, Mendesh, Hakimi, Nevesh, Vitinya, Ruis, Due, Kvaratsxeliya (Barkolya, 83), Dembele (Ramush, 90+6).
Arsenal – Raya, Saliba, Gabriel, Lyuis-Skelli, Moskera (Timber, 66), Inkapiye, Trossar (Martinelli, 83), Rays, Edegor (Gokeresh, 66), Saka (Madueke, 83), Xaverts.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar