«Bavariya» bosh direktori Yan-Kristian Drizen 2025/2026-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi yarimfinalida Fransiyaning «PSJ» jamoasiga mag‘lub bo‘lganini yodga oldi.
«Hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Biz har mavsumda Chempionlar ligasi kubogini qo‘lga kiritishga umid qila olmaymiz. Ammo bu sovrin har doim bizning maqsadimiz bo‘lib qolaveradi» - deya Drizen so‘zlaridan iqtibos keltiradi Kicker.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasining o‘tgan mavsumida «Bavariya» ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «PSJ»ga imkoniyatni boy bergandi. Birinchi bahsda Vensan Kompani shogirdlari 4:5 hisobida mag‘lub bo‘lishdi, javob uchrashuvi esa 1:1 hisobida yakunlandi.
Parij klubi nufuzli musobaqa finalida Londonning «Arsenal» jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi