Bugun
27
O'zbek

Musiala xurujlar bilan bog‘liq muammodan xalos bo‘ldi

Futbol
23 sentabr, 08:02
    3
Germaniya milliy jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri muolajasi kutilgan natijani bergan.
Musiala xurujlar bilan bog‘liq muammodan xalos bo‘ldi
Foto: Gettyimages

Germaniya milliy jamoasi va Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Jamol Musiala o‘zidagi xurujlar muammosini hal qila oldi. Bu haqda Sportbild jurnalistlari xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, dori-darmonlar bilan davolash muolajasi kutilgan natijani bergan. Mashg‘ulotlarda 23 yoshli hujumkor yarimhimoyachi cheklovlarsiz shug‘ullanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Musialaning ahvoli ketma-ket ikkita o‘yinda keskin yomonlashgan edi.

Jamol Germaniya Bundesligasining yangi mavsumida uchta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 100 million yevroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Germaniya Germaniya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar