Live
2
O'zbek

Flik: «Kamp Nou»dagi YChL finalida 100% stadionda bo‘laman

Futbol
16 sentabr, 09:41
    46
«Barselona» ustozi klub stadionining 2029-yilgi finalga mezbonlik qilishiga munosabat bildirdi.
Flik: «Kamp Nou»dagi YChL finalida 100% stadionda bo‘laman
Foto: Getty Images

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik «Kamp Nou»ning 2028/29-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi finalini qabul qilishi borasidagi xabarga munosabat bildirdi.

«Klub uchun ajoyib xabar. Bu aqlbovar qilmas darajada bo‘ladi. Men bu yerda 100 foiz bo‘laman — yo «Barselona» bosh murabbiyi sifatida, yo muxlis sifatida.

Murabbiy sifatida-chi? Ko‘ramiz, kelajakda nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz. Futbol juda tez rivojlanmoqda. Menga «Barselona»ni boshqarish yoqadi, bu — fantastik jamoa. Ammo kelajakda nima bo‘lishini hech qachon bilmaysiz»
, — deya germaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

46 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar