O‘zbekiston kubogida chorakfinal juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, muxlislar ushbu bosqichda «Neftchi» — «Lokomotiv», «So‘g‘diyona» — «Andijon», OKMK — «Guliston» va «Navbahor» — «G‘azalkent» uchrashuvlari guvohi bo‘lishadi.
Shuningdek, «Neftchi» — «Lokomotiv» o‘yini g‘olibi «So‘g‘diyona» — «Andijon» uchrashuvida g‘alaba qozongan klubga qarshi yarimfinal bosqichida kuch sinashadi. OKMK — «Guliston» bahsida zafar quchgan jamoa esa final yo‘llanmasi uchun «Navbahor» — «G‘azalkent» bellashuvida ustun kelgan klubga qarshi saf tortadi.

Foto: O‘zPFL
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi