Live
2
O'zbek

Messi va Kazemiro gol urgan bahsda «Inter Mayami» ilk bor Campeones Cup g‘olibi bo‘ldi (videosharh)

Futbol
16 sentabr, 22:30
    50
Leo ikkinchi golga assistentlik ham qildi.
Messi va Kazemiro gol urgan bahsda «Inter Mayami» ilk bor Campeones Cup g‘olibi bo‘ldi (videosharh)
Foto: Getty Images

Campeones Cup bahsida «Inter Mayami» Meksikaning «Kruz Azul» klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Mayamidagi «Nu Stadium»da o‘tgan uchrashuvning 24-daqiqasida Lionel Messi Luis Suaresning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi.

81-daqiqada esa Kazemiro Messining pasini golga aylantirdi — 2:0. Shu tariqa, «Inter Mayami» o‘z tarixida ilk bor Campeones Cup g‘olibiga aylandi.

Ma’lumot o‘rnida, Campeones Cup — MLS amaldagi chempioni va Meksika Liga MX’ning «Chempionlar chempioni» sovrini sohibi o‘rtasida har yili bir o‘yindan iborat formatda o‘tkaziladigan musobaqa. O‘tgan yili sovrinni Meksikaning «Toluka» klubi qo‘lga kiritgan.

Campeones Cup, 17 sentyabr.
Inter Mayami — Kruz Azul 2:0
Gollar: Messi 24, Kazemiro 81.

Inter Mayami — Sent Kleyr, Mura (Lujan 77), Kazemiro, Falkon, Kaysedo (Mikael 70), Brayt, Galarza (Shou 62), de Paul, Berterame (Regilon 70), Messi, Suares.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Miami CF Inter Miami CF
  • Cruz Azul Cruz Azul
  • Campeones kubogi Campeones kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

50 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar