«Inter Mayami» futbolchisi Lionel Messi faoliyatidagi 49-sovrinini qo‘lga kiritdi va futbol tarixida eng ko‘p jamoaviy sovrin yutgan futbolchi sifatida o‘z rekordini yangiladi.
Campeones Cup bahsida «Inter Mayami» Meksikaning «Kruz Asul» klubini 2:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor ushbu sovringa ega chiqdi.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha 2-o‘rinda Messining «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Dani Alves bormoqda. Faoliyatini yakunlagan braziliyalik futbolchi 45 ta sovrin qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot o‘rnida, Messi 2023-yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028-yilga qadar mo‘ljallangan.
Argentinalik futbolchi «Inter Mayami» safida barcha musobaqalarda 115 ta o‘yin o‘tkazib, 100 ta gol urgan va 58 ta assist amalga oshirgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi