Live
2
O'zbek

Superliganing 22-turi oldidan Ja’far Irismetov qanday fikrda?

Eksklyuziv
17 sentabr, 03:18
Irismetov tur oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.
Superliganing 22-turi oldidan Ja’far Irismetov qanday fikrda?
Фото: Tribuna.uz

Bugun Superligada 22-tur boshlanadi. Namanganda «Navbahor» va «Dinamo» o‘rtasidagi o‘yin bilan turga start beriladi. Ushbu turda ham qiziqarli va muhim uchrashuvlar kutmoqda. Taniqli mutaxassislardan biri Ja’far Irismetov tur oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholadi.

17 sentyabr
18:00. Navbahor-Dinamo

- Ikkalasi ham futbol o‘ynaydigan jamoa. Yaxshi futbol ko‘ramiz. «Navbahor» o‘z uyida o‘ynayotgani hisobiga minimal g‘alaba qozonsa kerak, deb o‘ylayman. Hozir namanganliklarda motivatsiya kuchli, uchinchi o‘ringa harakat qilishyapti.

19 sentyabr
18:00. Mash’al-Paxtakor
- «Mash’al» autsayder, albatta, «Paxtakor» g‘alaba qozonadi. Ikkita to‘p farqi bilan «Paxtakor» yutadi, deb o‘ylayman. Menimcha, «Mash’al»da hozir motivatsiya ham yo‘q.

20:15. Bunyodkor-Buxoro
- Menimcha, «Bunyodkor» og‘ir ahvoldaligiga qaramasdan kurash olib borsa kerak. Nazarimda, bu o‘yinda durang qayd etilishi ehtimoli bor.

20 sentyabr
17:15. Andijon-Nasaf
- «Andijon» uyida muxlislari hisobiga yaxshi o‘yin ko‘rsatishga harakat qilyapti-yu, ammo doim ham o‘xshamayapti. «Olimpik Mobiuz» bilan o‘yinda ham ko‘rdik, o‘yin uslubida muammolar bor. Qandaydir individual mahorat hisobiga yigitlar kurashishyapti. Menimcha, «Nasaf» minimal hisobda g‘alaba qozonsa kerak. «Andijon»ning oxirgi o‘yinini ko‘rdim, o‘yin qovushmayapti. «Nasaf» esa ko‘tarilishda. «Neftchi»ni yirik hisobda yutdi.

18:00. Surxon-Qo‘qon-1912
- Ikkalasi ham bir xil darajadagi jamoalar. «Surxon» nominal mezbon sifatida menimcha yutsa kerak. Lekin to‘p farqi katta bo‘lmasa kerak. Kichik hisob bo‘lishi mumkin. Boz ustiga qo‘qonliklarning Kubokdagi o‘yinini ko‘rdik. Nazarimda, «Qo‘qon-1912»dagi holat «Andijon»dagiga o‘xshash bo‘lsa kerak. O‘yin bobida ancha muammolar ko‘rinyapti. Shu sababli «Surxon»ning qo‘li baland kelса kerak.

19:00. So‘g‘diyona-OKMK
- Turning markaziy o‘yini bo‘ladi. Ikkala jamoa oxirgi paytlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatishyapti. Fikrimcha, «So‘g‘diyona» minimal hisobda g‘alaba qozonishi mumkin. Lekin OKMKni ham hisobdan chiqarmasligimiz kerak. Oxirgi paytlarda yaxshi o‘ynab yutqazib qo‘yishyapti. Olmaliqliklar ochko ololmasa kerak.

19:30. Lokomotiv-Neftchi
- «Neftchi»ning futbolchilari kuchliroq, ular saralangan. Ammo birinchi davrani hisobga olsak, «Lokomotiv» Farg‘onada yaxshi o‘yin ko‘rsatib yutqazib qo‘ygan. Bu ham juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. «Neftchi»ga juda qiyin bo‘ladi. Islom Ismoilov qanday rotatsiya qilishiga ham bog‘liq. Ushbu to‘qnashuvda durangni taxmin qilyapman.

21 sentyabr
20:15. Xorazm-Qizilqum
- «Xorazm» o‘z uyida o‘ynashi evaziga biroz tashabbusga ega bo‘ladi, deb o‘ylayman. Chunki yangi murabbiy keldi, futbolchilarida motivatsiya bor. Shuning uchun maydon egalari yutadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar