Live
2
O'zbek

Kapello: «Milan» Chempionlar Ligasiga chiqa olmadi, chunki jamoa himoyalanishni bilmaydi»

Futbol
17 sentabr, 03:45
Milanliklar sobiq bosh murabbiyi jamoani keskin tanqid qildi.
Kapello: «Milan» Chempionlar Ligasiga chiqa olmadi, chunki jamoa himoyalanishni bilmaydi»
Foto: Getty Images
16.09.2026 FT Yevropa ligasi Milan Milan 0 : 2 Benfica Benfica

«Milan» mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib olgach, jamoa tanqidlar ostida qoldi. Klub sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello ham «rossoneri»ning o‘yini haqida fikr bildirdi.

«Amorim pressing va raqib maydonida to‘pni qaytarib olish haqida gapiradi. Raqib agressiv harakat qildi, ammo bugun «Milan»da bunday o‘yinni ko‘rmadik.

Bu jamoa hech qanday yangilik ko‘rsatmadi, ularning himoyasida jiddiy muammolar bor. «Milan» Chempionlar Ligasiga chiqa olmadi, chunki jamoa himoyalanishni bilmaydi.

Bugun raqib har safar qarshi hujumga o‘tganida buni ko‘rdik. Jamoa himoyada to‘g‘ri muvozanatni topa olmayapti», — dedi Kapello.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» Yevropa Ligasi ilk turida «Benfika»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
  • Benfica Benfica
  • Yevropa ligasi Yevropa ligasi
Bugungi yangiliklar