«Milan» bosh murabbiyi Ruben Amorim ishda duch keladigan tanqidlarga munosabati haqida fikr bildirdi.
«O‘ylashimcha, tanqid – bu normal holat. Xavotir olmayotganim yo‘q. O‘yinchilarimni himoya qilmoqchiman. Klublardagi qiyin davrlar sizga tajriba beradi. Tanqid — katta klubning bosh murabbiyi sifatida ishlash uchun to‘lanadigan narx. Hammasini tushunaman. Ko‘p ma’lumotlar bor, nimadir deyish kerak. Men uchun bu normal holat. Ammo men hamma narsani o‘zim bilganimcha qilaman - o‘ylaymanki, bu hammaga tushunarli», - deya Amorim so‘zlaridan iqtibos keltirdi Goal nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Milan» Italiya chempionati musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. 4 ta turda Ruben Amorim jamoasi 8 ochko (2 ta g‘alaba va 2 ta durang) jamg‘arishga erishdi.