Live
1
O'zbek

Iraola yosh futbolchilarning «Tottenhem» ustidan qozonilgan g‘alabadagi hissasini e’tirof etdi

Futbol
16 sentabr, 02:30
«Liverpul» bosh murabbiyi yosh futbolchilarning energiyasi va kurashlarda faol ishtirok etganini alohida ta’kidladi.
Iraola yosh futbolchilarning «Tottenhem» ustidan qozonilgan g‘alabadagi hissasini e’tirof etdi
Foto: Getty Images
15.09.2026 FT Angliya Liga kubogi Liverpul Liverpul 3 : 1 Tottenhem Tottenhem

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Angliya Liga kubogi 1/16 finalida «Tottenhem» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabada yosh futbolchilarning hissasi haqida gapirdi.

«Men ular uchun xursand bo‘ldim. Har birining maydondagi pozitsiyasi va vazifalari turlicha edi. Eng muhimi, ularni almashtirayotganimda bor kuchlarini berishgani ko‘rinib turardi. Trey Nyoni mushaklarida og‘riq sezdi, Rio Ngumoa esa ko‘p yugura olmay qoldi. Jeyms Makkonnell bilan ham xuddi shunday holat yuz berdi», — deya Iraolaning so‘zlarini «Liverpul» rasmiy sayti keltirdi.

Murabbiy yosh futbolchilarni energiyasi va yakkakurashlarda g‘alaba qozonishga bo‘lgan istagi uchun alohida e’tirof etdi. Uning fikricha, futbolchilar maydonda borligini raqibga his qildira olgan.

«Bunday holat yuz berganda, siz jamoa uchun bor narsangizni berganingizni anglatadi. Men ulardan juda xursand bo‘ldim», — dedi Iraola.

«Liverpul» navbatdagi bahsini 20-sentabr kuni APLning 5-turida safarda «Bornmut»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Tottenhem Tottenhem
  • Angliya Liga kubogi Angliya Liga kubogi
Bugungi yangiliklar