Live
1
O'zbek

Yamal o‘zini Messi, Ronaldu va Maradona bilan taqqosladi

Futbol
16 sentabr, 02:45
    30+
«Barselona» vingeri faoliyatining dastlabki yillarida afsonaviy futbolchilardan ko‘proq natijaga erishganini aytdi.
Yamal o‘zini Messi, Ronaldu va Maradona bilan taqqosladi
Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal Lionel Messi, Krishtianu Ronaldu va Diyego Maradona bilan o‘zini taqqosladi.

«Messi, Krishtianu, Maradona kabi afsonaviy futbolchilar bor. Ammo menimcha, hech qachon bunday yoshda bunchalik ko‘p yutuqlarga erishgan futbolchi bo‘lmagan.

Odamlar shunday o‘ylashi mumkin: men allaqachon juda ko‘p sovrinlar yutdim, demak, ma’lum bir paytda xotirjam bo‘lishim mumkin. Ammo futbol tarixida qolish uchun hali minglab ishlarni amalga oshirishim kerakligini bilaman», — deya Yamalning so‘zlarini The Touchline keltirdi.

Ma'lumot uchun, Yamal o‘tgan mavsum «Barselona» safida Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 19 yoshli vinger Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionati oltin medaliga ega chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Ispaniya Ispaniya
  • Barselona Barselona
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

30+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar