Live
5
O'zbek

«MYU» «Barselona» himoyachisi Erik Garsiyaga taklif bilan chiqdi

Futbol
15 sentabr, 10:29
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
«MYU» «Barselona» himoyachisi Erik Garsiyaga taklif bilan chiqdi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi «Barselona» himoyachisi Erik Garsiyaga jiddiy qiziqish bildirgan. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «qizil iblislar» ispaniyalik 25 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq klub futbolchi bo‘yicha «Barselona»ga rasmiy taklif yuborgan. Biroq manba transfer taklifining moliyaviy shartlari va summasi haqida aniq ma’lumot bermagan.

Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Shu bilan birga, Erikning «Barselona»da qolish ehtimoli ham yuqori. Agar kataloniyaliklar himoyachiga yaxshilangan shartnoma taklif qilsa, futbolchi klubda qolishni ma’qul ko‘rishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar