Live
6
O'zbek

Sinner tizzasidagi jarohatdan so‘ng kortdagi mashg‘ulotlarga qaytdi

Tennis
15 sentabr, 11:30
«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning 5 karra chempioni, dunyoning birinchi raketkasi yana kortda.
Sinner tizzasidagi jarohatdan so‘ng kortdagi mashg‘ulotlarga qaytdi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning 5 karra chempioni, dunyoning birinchi raketkasi, italiyalik tennischi Yannik Sinner tizzasidan olgan jarohat so‘ng, kortdagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi. Tennischi Rikardo Pyatti akademiyasining hard qoplamali kortlaridan birida mashg‘ulot o‘tkazdi.

Sinner aynan tizzasidagi jarohat sabab AQSH Ochiq chempionati-2026da ishtirok eta olmasligini ma’lum qilgandi. Shundan so‘ng Sinner Turin klinikasida tizza bo‘g‘imi payining bo‘g‘imdan tashqari yallig‘lanishini konservativ davolash kursidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Ma’lumot uchun, avvalroq tennischi Xitoyning Pekin shahrida bo‘lib o‘tadigan ATP-500 turniriga qaytishi ma’lum bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Pekindagi turnir 30 sentyabrdan 6 oktyabrgacha bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar