»Real» hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilda «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda g‘alaba qozonishga jiddiy asoslarga ega. Bu haqda L’Equipe nashri sahifalarida yozilgan.
Manbaning ta’kidlashicha, ovoz berishda shaxsiy yutuqlar asosiy mezon hisoblanadi va Mbappening bu borada o‘z ustunliklari bor. Fransiyalik hujumchi Ispaniya La Ligasi, UYEFA Chempionlar Ligasi va Jahon chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili «Oltin to‘p»ni Fransiya milliy jamoasining boshqa bir hujumchisi – Usmon Dembele qo‘lga kiritgandi. Undan bir yil avval esa nufuzli mukofot Rodriga nasib qilgan edi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan yili «Oltin to‘p» uchun ovoz berishda Kilian Mbappe 7-o‘rinni egallagan edi.