Live
5
O'zbek

Manba: Ronaldu «An Nasr»ni sotib olishi mumkin

Futbol
15 sentabr, 10:06
41 yoshli futbolchi va 4 nafar investor birgalikda bu ishni amalga oshirishni maqsad qilgan.
Manba: Ronaldu «An Nasr»ni sotib olishi mumkin
Foto: BBC

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni klubi egalaridan biriga aylanishi mumkin, deb xabar bermoqda DAZN Portugal.

Manbaga ko‘ra, 41 yoshli portugaliyalik va yana to‘rt nafar investor «An Nasr»ni sotib olish bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Tomonlarning har biri bitimga kamida 92 million yevro sarmoya kiritmoqchi.

Ronaldu 2022-yilning dekabr oyidan buyon «An Nasr» safida to‘p tepmoqda. Ungacha hujumchi «Sporting», «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» klublari sharafini himoya qilgan.

Portugaliyalik futbolchi besh karra «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan, Portugaliya milliy jamoasi bilan esa Yevropa chempionati va ikki marta Millatlar ligasida zafar quchgan.

Bugungi yangiliklar