Live
2
O'zbek

«Arsenal» «Real» hujumchisi Rodrigoga qiziqmoqda

Futbol
15 sentabr, 08:28
London klubi braziliyalik futbolchining «Real»dagi kelajagi noaniq bo‘lib turgani sababli vaziyatni kuzatmoqda.
«Arsenal» «Real» hujumchisi Rodrigoga qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Arsenal» «Real» hujumchisi Rodrigo Goesning vaziyatini kuzatmoqda. Bu haqda Topskills Sports UK xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «to'pchilar» 25 yoshli futbolchining Madrid klubidagi kelajagi borasidagi vaziyatni diqqat bilan o‘rganmoqda. Rodrigo jarohatidan keyin maydonga dekabr oyida qaytishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, «Arsenal» braziliyalik hujumchiga qiziqayotgan yagona klub emas.

Eslatib o‘tamiz, Rodrigo 2019 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. U ushbu mavsumda hali biror bahsda maydonga tushmadi.

Ma’lumot uchun, futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar