Live
6
O'zbek

Valverde «Valensiya»dan tushgan taklifni rad etdi

Futbol
15 sentabr, 12:34
Avvalroq klub bosh murabbiy Karlos Korberanni iste’foga chiqargan edi.
Valverde «Valensiya»dan tushgan taklifni rad etdi
Фото: Getty Images

«Valensiya» klubi «Barselona»ning sobiq ustozi Ernesto Valverdedan rad javobini oldi.

Marca nashri xabar berishicha, 62 yoshli mutaxassis klub rahbariyati tomonidan bosh murabbiylik lavozimi uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rib chiqilgan. Biroq murabbiy «ko‘rshapalaklar» sport direktori Braulio Vaskesga bu mavsumda dam olish niyatida ekanligini bildirgan.

Ma’lumot uchun, Vaskes va Valverde avval 2012/13-yilgi mavsumda «Valensiya»da birga ishlagan.

Avvalroq klub bosh murabbiy Karlos Korberanni iste’foga chiqargan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valensia Valensia
Bugungi yangiliklar