Fransiya milliy jamoasining yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan kengaytirilgan tarkibga yangi futbolchilarni kiritadi.
L'Équipe nashri xabar berishicha, Dide Desham davrida milliy jamoaga biror marta chaqirilmagan 9 nafar futbolchini kiritishni rejalashtirmoqda..
Manbaga ko‘ra, Zidan quyidagi futbolchilarni ro‘yxatga kiritishni ko‘rib chiqmoqda: Olive Boskali («Brayton»), Jeremi Jake («Liverpul»), Esteban Lepol («Renn»), Lukash Da Kunya («Komo»), Andi Diuf («Inter»), Pablo Paji («Parij»), Enso Le Fe («Sanderlend»), Pyer Ganyu («Lans») va Mattie Yudol («Lans»).
Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy jamoasi Zidan qo‘l ostidagi ilk uchrashuvini 25 sentyabr kuni safarda Turkiyaga qarshi o‘tkazadi.
Fransuzlar Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turida safarda Turkiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi