Jazoirlik yarimhimoyachi Ismael Bennaser «Al G'arafa» futbolchisiga aylandi. Qatar klubining rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erishgan.
Bennaser yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Shartnomaning muddati va boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum qilinmagan.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi «Milan» safida 2022 yilda Italiya chempioniga aylangan. Bennaser «rossonerilar» safida besh yil to‘p tepdi.