Italiyaning «Milan» klubi yangi a’zosi Gonsalu Ramush jamoaning sobiq forvardi Zlatan Ibrahimovich bilan uchrashuv haqida gapirib berdi. Ayni paytda shvetsiyalik klub egalarining maslahatchisi sifatida faoliyat olib bormoqda.
«Men Zlatandan alohida ko‘rsatmalar olganim yo‘q. Biz yoqimli suhbat qurdik, u meni jamoada qarshi oldi. Shunday afsonaga murojaat qila olishim mumkinligi, u tomonidan qo‘llab-quvvatlanishim meni quvontiradi», - deya forvard so‘zlaridan iqtibos keltirdi Football-Italia nashri.
Eslatib o‘tamiz, Ramush shu yil yozda Fransiyaning «PSJ» klubi safidan 74 million yevro evaziga «Milan»ga ko‘chib o‘tdi. 25 yoshli portugaliyalik «rossoneri» bilan 2031 yil iyuniga qadar bitim imzoladi.