Live
2
O'zbek

Jezus: «U uchun barchasi oson»

Futbol
16 sentabr, 05:50
«Barselona» klubining braziliyalik yangi a’zosi Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
Jezus: «U uchun barchasi oson»
Foto: Gettyimages

Kataloniyaning «Barselona» klubi forvardi Gabriel Jezus jamoadoshi Lamin Yamalning o‘yini haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Braziliyalik Xans-Diter Flik jamoasiga 1 sentyabr sanasida transfer oynasining oxirgi kuni borib qo‘shildi.

«Men ko‘plab ajoyib futbolchilar bilan birga shug‘ullangan va bir maydonda o‘ynaganman. Shubhasiz, Yamal – mana shundaylardan biri. U uchun barchasi oson», – deya 29 yoshli forvard so‘zlaridan iqtibos keltirdi Barca Buzz.

Ma’lumot uchun, «Barselona»ga o‘tishdan avval Gabriel Jezus London «Arsenal» klubi sharafini himoya qilgan, ungacha esa «Manchester Siti» va «Palmeyras» jamoalarida to‘p tepgan. Chempionlar Ligasi doirasidagi «Feyenoord» bilan bahsda (5:1) braziliyalik futbolchi kataloniyaliklar safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar