Bu yozda «shaharliklar»ga yangi vinger kerak bo‘lishi mumkin va klub «Chelsi» a’zosi Pedru Netuni o‘z «nishonida» ushlab turibdi.
Mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berishicha, «Manchester Siti» allaqachon Netuning vakillari bilan bevosita bog‘langan. Portugaliyalik futbolchining ehtimoliy transferi yuzasidan muzokaralar boshlab yuborilgan.
Ma’lumot uchun, Pedru Netu «Chelsi» safida 103 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 27 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.
Avvalroq 26 yoshli Netu «Chelsi» safiga qaytib, mashg‘ulotlarga kirishgan edi.