Live
20
O'zbek

«Milan» Nkunku, Tomori, Fofana va Odoguni transferga qo‘yadi

Futbol
13 avgust, 11:20
Ruben Amorim ushbu futbolchilarga yangi mavsumda tayanmasligini klub rahbariyatiga bildirgan.
«Milan» Nkunku, Tomori, Fofana va Odoguni transferga qo‘yadi
Foto: Getty Images

«Milan» to‘rt nafar futbolchini transferga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sport Italia xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy Ruben Amorim Kristofer Nkunku, Fikayo Tomori, Yussuфа Fofana va David Odogu xizmatlariga yangi mavsumda tayanmaydi. Ushbu futbolchilar mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida portugaliyalik mutaxassisni ishontira olmagan.

Insayder Fabritsio Romano ham bu ma’lumotni tasdiqlagan.

Shuningdek, Pervis Estupinyan, Filippo Terrachchano va Santyago Ximenesning «Milan»dagi kelajagi ham so‘roq ostida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida tarkibni qisqartirish ustida ishlamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

3 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar