"Arsenal" Marokash milliy jamoasi a'zosi bo‘lgan yarimhimoyachi Ayub Buaddini transfer qilish bo‘yicha muzokaralarni boshladi.
London klubi hozircha "Lill"ga rasmiy taklif yubormagan, ammo 18 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralar olib bormoqda.
The Times ma'lumotiga ko‘ra, frantsuz klubi Buaddini 70 million yevroga (60 million funt sterling) baholamoqda.
Ayub shanba kuni Jahon chempionatidagi debyutini o‘tkazdi va guruh bosqichining 1-turida Braziliyaga (1:1) qarshi bahsda maydonga tushdi.
Buaddi o‘tgan mavsumda Liga 1da qatnashib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Arsenal" Marokash yarimhimoyachisi transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Futbol
14 iyun, 16:50
"Lill" 18 yoshli iqtidorni 70 mln yevroga baholamoqda.
Foto: Getty Images