Marokash Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti Fuzi Lekja Lamin Yamalning Ispaniya milliy jamoasini tanlagani haqida fikr bildirdi.
"Barselona" vingeri Ispaniyada tug'ilgan, ammo otasi tomonidan marokashlik ildizlarga ega. Marokash futbol federatsiyasi 18 yoshli o'yinchini Marokash terma jamoasi safida to'p tepishga ko'ndirishga harakat qilgan va u bilan Marokashda ham, Ispaniyada ham bir nechta uchrashuv o'tkazgan. Biroq yakunda futbolchi Ispaniyani tanladi.
Lekja Aljazeera360 nashriga bergan intervyusida Marokash va Ispaniya jahon chempionati finalida o'zaro to'qnash kelishini istashini aytdi.
"Umid qilamanki, biz Lamin bilan finalda uchrashamiz va uning to'g'ri tanlov qilgan-qilmaganini aniqlaymiz", — dedi Lekja.
Shu bilan birga, federatsiya rahbari Yamalning qarorini hurmat qilishini va unga muvaffaqiyat tilashini ta'kidladi.
Marokash FF prezidenti: "Finalda Ispaniya bilan o'ynaymiz va Yamalning tanlovi to'g'ri-noto'g'riligini aniqlaymiz"
Futbol
14 iyun, 16:25
O'z vaqtida "Barselona" vingerida Marokash milliy jamoasini tanlash imkoniyati ham bo'lgan.
Foto: Getty Images