Bugun
14
O'zbek

Vinisius: «Keyingi bahsni har qanday holatda yutishimiz shart»

Futbol
14 iyun, 00:00
Braziliya milliy jamoasi vingeri Marokashga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Vinisius: «Keyingi bahsni har qanday holatda yutishimiz shart»
Foto: Getty Images
13.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 1 Marokash Marokash

Braziliya milliy jamoasi vingeri Vinisius Junior jahon chempionati 1-tur doirasidagi Marokashga qarshi o'yin (1:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«O'yin boshida gol o'tkazib yuborganimizdan keyin tayyorgarlik rejasi o'zgaradi. Lekin o'ylaymanki, biz tezda moslashdik va himoyada o'yinimizni yaxshiladik.

Rafinya qanotni o'zgartirdi, biz o'yinni kengaytirishni va to'pni ko'proq nazorat qilishni boshladik. Biroq turnirdagi ilk o'yin har doim juda qiyin kechadi. Marokash juda yaxshi o'ynadi va birinchi o'yin bosimi hamisha shunday seziladi.

Oldingi jahon chempionatida men ancha yosh edim. Hozir tajribam ko'proq, ammo mas'uliyat ham oshgan. Menimcha, bu turnirda men barchasiga tayyorman.

Bu yerdagi maydonlar boshqacha, juda issiq. Shuning uchun moslashishimiz kerak, chunki hammasi juda tez sodir bo'ladi.

Anchelotti bizdan to'pni ko'proq nazorat qilishni, uni bir qanotdan ikkinchisiga ko'proq o'tkazishni so'radi. O'ylaymanki, buni uddaladik, ammo ko'proq golli vaziyatlar yarata olmadik. Chunki Marokash juda yaxshi himoyalandi.

Endi bu o'yinni tahlil qilishimiz shart. Keyingi bahsni esa har qanday holatda yutishimiz shart», — dedi Vinisius.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar