Bugun
14
O'zbek

Braziliya JChni durang yoki mag'lubiyat bilan boshlagan holatlarda hech qachon chempion bo'lmagan

Futbol
13 iyun, 22:30
So'nggi bor jamoa 2002 yilda mundialda g'olib chiqqan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Braziliya JChni durang yoki mag'lubiyat bilan boshlagan holatlarda hech qachon chempion bo'lmagan
Foto: Getty Images
13.06.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya 1 : 1 Marokash Marokash

Braziliya milliy jamoasi jahon chempionati ilk tur doirasidagi Marokashga qarshi o'yinda g'alaba qozona olmadi. Karlo Anchelotti shogirdlari guruh bosqich 1-turida Marokash bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi.

Qayd etish lozim, braziliyaliklar mundialni durang yoki mag'lubiyat bilan boshlagan holatlarda hech qachon chempion bo'lmagan. Shu bilan birga, ushbu mamlakat 5 karra jahon chempioni hisoblanadi. So'nggi bor ular 2002 yilda mundialda g'olib chiqqan.

Ma'lumot o'rnida, «pentakampeonlar» 2-turda Gaiti bilan kuch sinashadi. Bellashuv 20 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 05:30 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar