Italiyalik murabbiy Roberto Manchini Qatarning «As Sadd» klubidan ketdi. Bu haqda Qatar klubi rasmiy sayti xabar berdi.
«Qisqa, lekin son-sanoqsiz ajoyib xotiralarga boy, juda muhim davr. Rahmat, Roberto Manchini, bir kun kelib bu hikoya davom etishiga umid qilamiz. Yo'lingizning keyingi bosqichida sizga eng yaxshi tilaklarni tilaymiz, yana ko'rishguncha!» — deyiladi klub xabarida.
Eslatib o'tamiz, Manchini 2025 yilning noyabrida «As Sadd» bosh murabbiyiga aylangandi. O'tgan mavsumda u jamoani chempionlikka olib chiqdi.
Avvalroq Roberto Italiya milliy jamoasi boshqaruvini olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.