Live
1
O'zbek

Markinos: «Bu mening so‘nggi imkoniyatim bo‘lishi mumkin»

Futbol
13 iyun, 15:18
Himoyachi ushbu JCH professional futbolchilik faoliyatida so‘nggisi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Markinos: «Bu mening so‘nggi imkoniyatim bo‘lishi mumkin»
Foto: Gettyimages

Jahon chempionati-2026 Braziliya milliy jamoasining tajribali himoyachisi Markinios uchun mundial chempionligini qo‘lga kiritish uchun oxirgi imkoniyat bo‘lishi mumkin.

«Har qanday o‘yinchi, kimning qo‘liga [jahon chempionati] kubogi tushsa, bu, shubhasiz, uning hayotidagi eng unutilmas lahza ekanligini aytadi. Men buni o‘zimda sinab ko‘rmoqchiman. Agar men jahon chempionatini yuta olsam, bu mening hayotim va faoliyatimning cho‘qqisi bo‘lardi. 32 yoshda bu mening so‘nggi imkoniyatim bo‘lishi mumkin», - deya Markiniosning so‘zlaridan iqtibos keltiradi FIFAning rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, 2-turda Braziliya milliy jamoasi Hayiti bilan (20 iyun), 3-turda — Shotlandiya bilan (25 iyun) uchrashadi. Marokash esa 2-turda Shotlandiya bilan (20 iyun) bahs olib borsa, 3-turda Hayitiga qarshi (25 iyun) maydonga tushadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar