Marokash milliy jamoasi sardori Ashraf Hakimi JCH-2026 S guruhining 1-turi doirasidagi Braziliya bilan bahs haqida gapirdi. O‘yin 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
«Menimcha, jahon chempionati kabi musobaqada yaqqol favoritlar yo‘q. Imkoniyatlar 50ga 50. Bu juda ham murosasiz o‘yin bo‘ladi va barchasi mayda detallarga bog‘liq bo‘ladi. Eng avvalo, bu ikki tomonning samaradorligi masalasidir. Umid qilamizki, mana shu detallar bizga yordam beradi. Berilgan har bir imkoniyatdan foydalana olishimiz va yaxshi himoyalanishga harakat qilamiz», - deya Hakimining so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.
Eslatib o‘tamiz, Marokash va Braziliya bilan bir guruhdan Hayiti va Shotlandiya jamoalari ham o‘rin olgan.