Hayiti milliy jamoasi bosh murabbiyi Sebastiyen Mine jahon chempionati-2026 C guruhi 1-turi doirasida Shotlandiyaga qarshi bahs oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi. O‘yin «Jillett» stadionida (Foksboro, AQSH) 14 iyun sanasida bo‘lib o‘tadi.
«O‘yinlarda g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsang, gollar urishing kerak, raqib kim bo‘lishining esa farqi yo‘q. Raqiblarning darajasi bizni yanada yaxshiroq o‘ynashga majbur qiladi. Biz yanada ko‘proq ter to‘kishimiz kerak, ammo o‘yin falsafasi, umumiy mantiq o‘zgarmaydi. Agar biz jahon chempionatidagi tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritishni, keyin esa guruhdan chiqishni istasak, raqib kim bo‘lsa ham gollar urishimiz kerak», - deya murabbiy so‘zlaridan iqtibos keltirdi FIFA rasmiy sayti.
AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan mundial 11-iyundan 19-iyulgacha bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Amaldagi chempion Argentina milliy jamoasi hisoblanadi.