Gaiti milliy jamoasi jahon chempionati doirasidagi Shotlandiyaga qarshi ilk oʻyinidan bir necha kun oldin libos dizaynini oʻzgartirishga majbur boʻldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Qayd etilishicha, jamoa libosida harbiy sahna tasvirlangan boʻlib, bu FIFA qoidalariga mos kelmaydi. Turnir oldidan oʻtkazilgan ikki oʻrtoqlik uchrashuvida foydalanilgan formada 1803 yildagi Verter jangi lavhasi (Gaiti mustaqilligi sabab boʻlgan voqea) va mamlakat bayrogʻi aks etgandi.
Biroq FIFA reglamentiga koʻra, ekipirovkada har qanday «siyosiy, diniy yoki shaxsiy murojaatlar va shiorlar»ni joylashtirish taqiqlanadi. FIFA ayrim vizual elementlar reglament doirasida turlicha talqin qilinishi mumkin deb hisobladi va dizaynga oʻzgartish kiritishni talab qildi.
Avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino Oʻzbekiston milliy jamoasiga omad tilagani maʼlum qilingandi.