Bugun
8
O'zbek

Abate — "Torino" bosh murabbiyi

Futbol
12 iyun, 17:25
Turin klubi D'Aversa bilan xayrlashib, "Milan" sobiq himoyachisi bilan shartnoma imzoladi.
     Izzatillayev Aʼzamjon
Aʼzamjon Izzatillayev Editor
Abate — "Torino" bosh murabbiyi
Foto: Getty Images

Roberto D'Aversa "Torino" bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.

50 yoshli mutaxassis jamoani fevral oyidan beri boshqaryotgandi.

"Torino" va Roberto D'Aversa kelasi mavsumda hamkorlikni davom ettirmaydi.

Klub prezidenti Urbano Kairo murabbiy va uning jamoasiga so'nggi oylardagi sadoqati, maqsadga intiluvchanligi hamda sifatli ish uchun minnatdorchilik bildirdi. U D'Aversa va uning barcha hamkasblari bilan xayrlashib, ularga kelgusi faoliyatida omad tiladi," — deyiladi "Torino" bayonotida.

Keyinchalik klub Ignasio Abateni bosh murabbiy etib tayinlaganini e'lon qildi. "Milan" sobiq himoyachisi bilan 2 yillik shartnoma imzolandi.

Turin klubi 2025/26 yilgi mavsumda A Seriya 12-o'rinni egallagandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Torino Torino
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar