Braziliya milliy jamoasi vingeri Neymar Junior jahon chempionati 1-tur doirasidagi Marokashga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi. Bu haqida braziliyaliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti xabar berdi.
«Neymar imkon boricha tezroq tiklanish uchun qattiq mehnat qilmoqda. Hozirda uning kelasi haftada to'liq tiklanib, jamoaga qo'shilishi kutilmoqda», — dedi Anchelotti.
Ma'lumot o'rnida, ushbu uchrashuv 14 iyun kuni bo'lib o'tadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 03:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Neymar mundialda o'zining sevimli 10-raqamida to'p tepishi ma'lum qilingan edi.