Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar 2026 yilgi Jahon chempionatining guruh bosqichidagi ikkinchi bahsida maydonga tushishi mumkin.
Globo xabariga ko‘ra, Braziliya milliy jamoasi murabbiylar shtabi 34 yoshli futbolchining Haitiga qarshi uchrashuvga qadar safga qaytishiga umid qilmoqda.
Qayd etilishicha, Neymar ayni paytda boldir mushagidagi jarohatdan tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.
Braziliya va Haiti o‘rtasidagi bahs 19 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, Braziliya milliy jamoasi C guruhidan joy olgan bo‘lib, Haitidan tashqari Shotlandiya va Marokash milliy jamoalariga qarshi ham bahs olib boradi.