Live
2
O'zbek

JCH-2026. Jeko uchun so'nggi mundial, favoriti yo'q B guruhi haqida

Futbol
12 iyun, 11:04
Navbat B guruhiga keldi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
JCH-2026. Jeko uchun so'nggi mundial, favoriti yo'q B guruhi haqida
Фото: Getty Images

Jahon chempionati ishtirokchilarini tanishtirishda davom etamiz. Navbat B guruhiga keldi. Bu yerda mezbon Kanada, Shveytsariya, Bosniya va Qatar joylashgan. Bir qarashda keyingi bosqichga chiqish uchun hammada imkoniyat bor.

Kanada

Bosh murabbiy: 2022 yilda kanadaliklar 36 yillik tanaffusdan so'ng ilk bor jahon chempionatiga chiqdi, 2024 yilda esa Kopa Amerikada yarimfinaligacha yetib borib, Argentinaga mag'lub bo'ldi.

Biroq shundan keyin natijalar pasayishni boshladi. Jamoa tez o'sib borayotgan ko'plab loyihalarga xos muammoga duch keldi — kutilmalar jamoaning o'ziga nisbatan tezroq o'sib ketdi. Vaziyatni to'g'rilash Jessi Marshga ishonib topshirildi. U bir vaqtlar juda istiqbolli mutaxassis hisoblangan, "Red Bull" tizimida katta tajriba to'plagan, keyin esa "Lids"ni boshqargan.

Marsh jamoalari har doim agressiv o'yini va kuchli pressing bilan ajralib turadi, Kanada milliy jamoasi ham bundan mustasno emas. Uning qo'l ostida jamoa bir necha yil avvalgigiga nisbatan ancha shiddatli va energiyaga boy ko'rinmoqda. Federatsiya jahon chempionati arafasida Jessi bilan 2030 yilgacha bitimni uzaytirdi.

Yulduz: Alfonso Devis — Kanada futbolining asosiy yuzi hisoblanadi. Ha, jamoada Jonatan Devid va Ismoil Kone ham bor. Ammo Devis shubhasiz Kanada futbolining asosiy yulduzi hisoblanadi.

Biroq hozirda u eng yaxshi formasida emas, chunki o'tgan yil davomida deyarli doim jarohatlar bilan kurashdi. Avvaliga tizzadagi krestsimon bog'lam uzilishi, keyin mushak jarohatlari va so'ngra bir nechta qayta og'rish holatlari kuzatildi. Natijada u asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotdi. Marsh bu borada xavotirga tushgani yo'q. Unda yaxshi ijrochilar ko'p. Ular Alfonso o'rnini egallay olishi mumkin.

Tarkib:
Darvozabonlar: Maksim Krepo ("Orlando Siti"), Ouen Gudman ("Kristal Peles"), Deyn Sen Kler ("Inter Mayami").
Himoyachilar: Moyze Bombito ("Nitsa"), Derek Kornelius ("Olimpik" Marsel), Alfonso Devis ("Bavariya"), Lyuk De Fujeol ("Fulhem"), Alister Jonston ("Seltik"), Alfi Jons ("Midlsbro"), Richi Lari ("Toronto"), Niko Sigur ("Xayduk" Split), Joel Uoterman ("Chikago Fayr").
Yarimhimoyachilar: Ali Ahmad ("Norvich Siti"), Teyjon Byukenen ("Vilyarreal"), Matyo Shuaner ("Los-Anjeles"), Stefen Eustakiu ("Portu"), Marselo Flores ("UANL Tigres"), Ismoil Kone ("Sassuolo"), Liam Millar ("Hull Siti"), Jonatan Osorio ("Toronto"), Natan-Dilan Saliba ("Anderlext"), Jeykob Shaffelburg ("Los-Anjeles").
Hujumchilar: Jonatan Devid ("Yuventus"), Promis Devid ("Union Sent-Jillua"), Kayl Larin ("Malorka"), Tani Oluvaseyi ("Vilyarreal").

Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,62 foiz.

Bosniya

Bosh murabbiy: Sergiy Barbaresni Bolqondan tashqarida hech kim tanimaydi. Ammo u Bosniya futboli uchun u haqiqiy afsona hisoblanadi. Baland bo'yli hujumchi Germaniya Bundesligasida yorqin futbol namoyish etgan. "Borussiya D", "Gamburg" va "Bayer" jamoalarida to'p tepgan. Hatto bir mavsumda liganing eng yaxshi to'purariga ham aylangan. Bosniyaning jahon chempionatiga chiqish yo'li Yevropadagi eng dramatiklardan biri bo'ldi. Avvalo, pley-off bosqichida Uelsni penaltilar seriyasida mag'lub etdi, so'ng esa Italiyani JCHdan mosuvo qildi.

Yulduz: Bosniya haqida gap ketganda, birinchi galda Edin Jeko namoyon bo'ladi. Yillar o'tadi, Edin Jeko esa jamoada asosiy yulduz bo'lib qolmoqda. Mart oyida u 40 yoshga to'ldi. Hali ham milliy jamoa sardori, eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Milliy jamoada o'yinlar soni bo'yicha rekordchi hisoblangan ushbu hujumchi (148) saralash siklida ham jamoaga katta yordam berdi (6+1). Bundan tashqari, Jeko – hozirgi jamoaning 2014 yildagi mundialda ham bor bo'lgan ikki vakilidan biri hisoblanadi (ikkinchisi – 32 yoshli Sead Kolashinats).

Shuningdek, bu yerda yangi avlod yetishib kelmoqda: Ermedin Demirovich, Xaris Tabakovich, Amar Dedich va Tarik Muharemovich futbolchilar Yevropa milliy birinchiliklarida javlon urib to'p tepmoqda.

Tarkib:
Darvozabonlar: Nikola Vasil ("Sankt-Pauli), Martin Zlomislich ("Rieka), Osman Hajikich ("Slaven Belupo").
Himoyachilar: Sead Kolashinats ("Atalanta"), Amar Dedich ("Benfika"), Nihad Muyakich ("Gaziantep"), Nikola Katich ("Shalke"), Tarik Muharemovich ("Sassuolo"), Stepan Radelich ("Rieka"), Dennis Hajikadunich ("Sampdoriya"), Nidal Chelik ("Lans").
Yarimhimoyachilar: Amir HajiAhmetovich ("Hull Siti"), Ivan Shunich ("Pafos"), Ivan Basich ("Astana"), Zhenis Burnich ("Karlsrue"), Ermin Mahmich ("Slovan"), Benyamin Tahirovich ("Brondby"), Armin Gigovich ("Young Boys"), Kerim-Sem Alaybegovich ("Red Bull Zalzburg").
Hujumchilar: Amar Memich ("Viktoriya Plzen"), Esmir Bayraktarevich (PSV), Ermedin Demirovich ("Shtutgart"), Yovo Lukich ("Universitatea"), Samed Bajdar ("Saragosa"), Xaris Tabakovich ("Borussiya" Myonxengladbax), Edin Jeko ("Shalke").

Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,18 foiz.

Shveytsariya



Bosh murabbiy:
Murat Yakinning 2021 yilda Shveytsariya milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi dastlab bahsli qaror sifatida qabul qilingan edi. Axir Vladimir Petkovich davrida "tog'liklar" muntazam yirik turnirlarda ishtirok etib kelishgan. 2002 yildan beri esa jahon chempionatini umuman o'tkazib yubormay kelayotgan edi.

Ammo hozir ishonch bilan aytish mumkin: Yakin o'z vazifasini muvaffaqiyatli bajaryapti. Jamoa o'zining asosiy ustunligini — tartib-intizomni saqlab qoldi. Shveytsariya o'yin davomida deyarli "parchalanib" ketmaydi, deyarli har doim raqobatbardosh bo'lib qoladi va ko'p yillardan beri yirik turnirlarda guruh bosqichidan chiqishni uddalab kelmoqda.

Qizig'i shundaki, Yakin mahalliy OAVning bir qismi bilan uzoq vaqt kelisha olmagan. U tarkib tanlovi, taktik tajribalar va ba'zi qarorlari uchun tez-tez tanqid qilingan. Ammo natijalar uning foydasiga gapirmoqda: saralash bosqichida mag'lubiyatsiz birinchi o'rin, bor-yo'g'i ikki o'tkazib yuborilgan gol.

Yulduz: Jamoaning asosiy yulduzi — Granit Jaka. U sentyabrda 34 yoshga to'ladi, ammo o'n yildan beri shveytsariyaliklar avlodining eng barqaror va ishonchli futbolchisi bo'lib kelmoqda. Ha, u yorqinlik borasida Sherdandan ortda qolishi mumkin, ammo barqarorlik va sifat jihatidan deyarli kamchilik yo'q.

Shveytsariyaliklarda himoya chizig'i ham kuchli. Saralash bosqichida himoya chizig'idagi Manuel Akanji va Niko Elvedi juftligi buni ko'rsatib berdi, Gregor Kobel esa anchadan buyon Yevropaning eng yaxshi darvozabonlari sirasiga kiradi.

Tarkib:
Darvozabonlar: Gregor Kobel ("Borussiya D"), Marvin Keller ("Young Boys"), Ivon Mvogo ("Loryan").
Himoyachilar: Manuel Akanji ("Inter"), Niko Elvedi ("Borussiya" Myonxengladbax), Miro Muhaym ("Gamburg"), Rikardo Rodriges ("Betis"), Silvan Vidmer ("Maynts"), Luka Xakes ("Shtutgart"), Orel Amenda ("Ayntraxt"), Eray Jomert ("Valensiya").
Yarimhimoyachilar: Ardon Yashari ("Milan"), Denis Zakario ("Monako"), Granit Jaka ("Sanderlend"), Yoxan Manzambi ("Freyburg"), Jibril Sou ("Sevilya"), Mihel Ebisher ("Piza"), Remo Froyler ("Bolonya"), Kristian Fassnaxt ("Young Boys"), Fabian Rieder ("Augzburg"), Noa Okafor ("Lids"), Ruben Vargas ("Sevilya"), Dan Ndoi ("Nottinghem Forest").
Hujumchilar: Sedrik Itten ("Fortuna"), Bril Embolo ("Renn"), Zeki Amduni ("Byornli").

Chempionlik ehtimoli (Opta): 1,09 foiz.

Qatar

Bosh murabbiy: Qatarda uyda o'tgan muvaffaqiyatsiz jahon chempionatidan keyin mahalliy futbolning tez sur'atda o'sishi haqidagi orzular barham topdi va o'rniga qattiq reallik keldi. Ha, qatarliklar ketma-ket ikkinchi bor Osiyo Kubogini qo'lga kiritdi, ammo shu bilan birga jamoa yuqori darajadagi raqiblar bilan raqobat qilishda qiynalayotgani ayon bo'ldi. Bundan tashqari, mintaqaviy mojaro sabab 2025 yil dekabridan beri birorta ham rasmiy o'yin o'tkazilmagan.

Asosiy umidlar bosh murabbiy Xulen Lopetegiga bog'langan. U bir paytlar Ispaniya milliy jamoasini jahon chempionatida boshqarish imkoniyatini qo'ldan boy berib, faoliyatida murakkab davrni boshdan kechirgan. Biroq bask mutaxassisning tajribasi juda katta.

Yulduz: Qatarliklarning asosiy futbolchisi – Akrom Afif. Uni Osiyodan tashqarida ko'pchilik tanimagan bo'lishi mumkin, ammo u qit'a miqyosidagi yulduz hisoblanadi. Aynan Afif 2023 yilgi Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Tarkib:
Darvozabon:
Salo Zakariya ("Ad Duhail"), Meshaal Issa Barsham ("As Sadd"), Mahmud Abunada ("Ar Rayyan").
Himoyachilar: Bualem Xuhi ("As Sadd"), Pedru Migel ("As Sadd"), Sultan Al-Brake ("Ad Duhail"), Al-Hashmi Al-Husayn ("Al Arabi"), Ayub Al-Uyi ("Al G'araffa"), Issa Laye ("Al Arabi"), Lukas Mendes ("Al Vaqra"), Xomam Al-Amin ("Kultural Leonesa").
Yarimhimoyachilar: Ahmad Fat'hi ("Al Arabi"), Jassim Gaber ("Ar Rayyan"), Assim Madibo ("Al Vaqra"), Abdulaziz Hatim ("Ar Rayyan"), Karim Budiaf ("Ad Duhail"), Muhammad Al-Mannai ("Ash Shamal").
Hujumchilar: Almuaz Ali ("Ad Duhail"), Akrom Afif ("As Sadd"), Tahsin Muhammad Jamshid ("Ad Duhail"), Edmilson Junior ("Ad Duhail"), Ahmad Al-Ganexi ("Al G'araffa"), Ahmad Alaliddin ("Ar Rayyan"), Hasan Al-Haydos ("As Sadd"), Muhammad Muntari ("Al G'araffa"), Yusuf Abdurisag ("Al Vaqra").

Chempionlik ehtimoli (Opta): 0,11 foiz.

B guruhi taqvimi
1-tur

13 iyunga o‘tar kechasi, soat 00:00 (Toshkent vaqti)
Kanada – Bosniya

14 iyunga o‘tar kechasi, soat 00:00
Qatar – Shveysariya

2-tur
19 iyunga o‘tar kechasi, soat 00:00
Shveysariya – Bosniya

19 iyun, soat 01:00
Kanada – Qatar

3-tur
25 iyunga o‘tar kechasi, soat 00:00
Shveysariya – Kanada

25 iyunga o‘tar kechasi, soat 00:00
Bosniya – Qatar

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kanada Kanada
  • Shveytsariya Shveytsariya
  • Bosniya va Gersegovina Bosniya va Gersegovina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar